iPhone 7 Plus’ning ilk suratlari e’lon qilindi

iPhone 7 Plus’ning ilk suratlari e’lon qilindi

Suratlarda Apple’ning navbatdagi gadjeti orqa tomonida juft ob’yektivlarga ega bo‘lishi ko‘rinib turibdi. Mutaxassislar bu smartfonning 3D uslubidagi suratlarni olish qobiliyati bilan ta’minlanishi, bu juda katta o‘ziga xos jihati bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Ammo, ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, qo‘sh ob’yektiv faqatgina iPhone 7 Pro’da tatbiq qilinadi.

Hozircha xitoylik internet manbaalar tomonidan tarqatilayotgan suratdagi qurilmaning iPhone 7 Plus ekanligi rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, uning tuzilishi iPhone 7 Plus hamda iPhone 7 Pro’ga oid tarqatilayotgan ma’lumotlar bilan muvofiq keladi.

Ya’ni, suratdagi smartfon iPhone 6’ga o‘xshaydi, uning korpusi yassi burchaklarga ega, qurilmaning orqa tomonidan iPhone 6 va 6s’da mavjud  antenna chizig‘ining olib tashlangan, unda iPad Pro’niki kabi barcha aksessuarlarni, jumladan klaviaturani ham smartfonga ulaydigan yagona “Smart Connector” mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!