iPhone’dagi suratlarni kompyuterga ko‘chirishni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1727
  •  25.01.2017 12:06

iPhone’dagi suratlarni kompyuterga ko‘chirishni bilasizmi?

iPhone kamerasi kuchliligi, foto va videolarni sifatli suratga olishi bilan havasni keltiradi. Ammo smartfon xotirasi cheksiz emas, foto va videolavhalar esa uni to‘ldirib qo‘yishi mumkin. Ularni o‘chirib tashlashga ko‘zingiz qiymaydi, Apple qurilmalaridagi faylni kompyuterga ko‘chirib qo‘yish esa ayrim boshqa smartfon yoki planshetlardagi kabi oddiy emas. Buni amalga oshirishning ikkita usulini tavsiya etamiz.

iPhone’dan Mac kompyuteriga ko‘chirish

  1. iPhone’dagi fotosuratlarni Mac yoki MacBook kompyuteriga ko‘chirish uchun, smartfonni o‘z jamlanmasida kelgan USB-kabel orqali kompyuterga ulang.

  1. «Zaxvat izobrajeniy» dasturini topib, ishga tushiring. Dasturni topish uchun Spotlight’dan foydalanish mumkin.

3. Nusxa olinadigan suratlarni tushirish kerak bo‘lgan papkani, fotosuratlarni va nusxalash uslubini tanlang. Shuningdek, dastur sozlamalarida buning usun sukut bo‘yicha bajariladigan amallarni tanlab qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, kompyuterga iPhone ulanganida tizim qaysi dasturni ishga tushirishi lozimligini ham tayinlab qo‘ysa bo‘ladi.

iPhonedan Windows 8, Windows 7 yoki XP tizimli kompyuterga ko‘chirish

1. Windows operatsion tizimida ishlovchi kompyuterga iPhone’dan rasm ko‘chirish uchun smartfonni o‘z jamlanmasida kelgan USB-kabel yordamida unga ulang.

2. Windows tizimi iPhone’ni xotira qurilmasi sifatida taniydi, shu bois birinchi bo‘lib avtomatik ishga tushirish oynachasi paydo bo‘ladi. Undagi «Importirovat izobrajeniya i video» bandini tanlang.

Agarda bilmasdan avtomatik ishga tushirish oynachasini yopib yuborgan bo‘lsangiz, u holda «Kompyuter/Moy Kompyuter»ni ochib, «Perenosnoye portativnoye ustroystvo»ni toping, u lokal disklar yonida ko‘rinib turgan bo‘lishi kerak.

3. O‘shani sichqoncha yordamida ochib, ma’lumotlar saqlanadigan «Internal storage»ni toping. Smartfonda olingan suratlar uning ichidagi «DCIM» papkasida joylashgan bo‘ladi.

Endi fotosuratlar ustida istagan amalni bajarsangiz bo‘ladi: keraksizlarini o‘chirib tashlashingiz, zarur bo‘lganlarini nusxalab yoki qirqib olib, kompyuterga ko‘chirishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!