«Kaspersky Lab» mutaxassisi Inha universitetida kibertahdidlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi

  •   DiMaX
  •  956
  •  11.04.2017 18:14

«Kaspersky Lab» mutaxassisi Inha universitetida kibertahdidlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da «Laboratoriya Kasperskogo» (Kaspersky Lab) kompaniyasi tomonidan «Markaziy Osiyoda kibertahdidlar landshafti» mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Ma’lumki, mazkur kompaniya axborot xavfsizligi sohasida ishlaydigan dunyodagi eng yirik xususiy kompaniyalardan biridir.

«Kaspersky Lab»ning Markaziy Osiyo va Mongoliyadagi hududiy ofisi tijorat direktori Valeriy Zubanov IUT talabalari hamda o‘qituvchi-professorlari tarkibi uchun taqdimot o‘tkazdi.

Tadbir davomida Valeriy Zubanov jahon hamda Markaziy Osiyo hududi, shu jumladan O‘zbekistondagi eng asosiy kibertahdidlar to‘g‘risida gapirib berdi.

«Kaspersky Lab» ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi asosiy kibertahdidlar bu spamlar, xavfli havolalar va lokal tahdid (fleshka)lardir.

Mutaxassisning qayd etishicha, yangilanmagan dasturiy ta’minotlar kibertahdidlar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Tahdidlarning oldini olish uchun doimiy tarzda dasturiy ta’minotlarni yangilab turish lozimligiga ham u e’tibor qaratdi.

Shuningdek, Valeriy Zubanov eng muhim axborotlarning zaxira nusxasini yaratish judayam muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!