Meizu “eng kuchli protsessor”ga ega flagman smartfon tayyorlamoqda

Meizu “eng kuchli protsessor”ga ega flagman smartfon tayyorlamoqda

Meizu kompaniyasi tez orada jahonni o‘zining yangi va ilg‘or protsessorli flagman smartfoni bilan hayratda qoldirsa, ajab emas. Hozircha esa bu gadjetning quloqqa chalingan texnik jihatlari bilan tanishing.

Meizu yangi smartfonida 2017 yilning ilg‘or protsessori bo‘lgan Snapdragon 835’dan foydalanishi kutilmoqda. Bu to‘g‘rida kompaniya 2016 yildayoq Qualcomm bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan. Amerikalik protsessor yetkazib beruvchi joriy yilning 2-yarim yilligidan Meizu uchun “elektron yurak” yetkazib bera boshlaydi.

Xitoylik brend yangi smartfoni uchun ikki yonga qayrilgan displeydan foydalanadi. Ammo, bu keyingi oyda kutilayotgan PRO 7 modeli emas. Meizu PRO 7 smartfoni uchun Mediatek Helio X30 protsessori tanlangan. Yangi flagman 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida namoyish qilinadi.

Insayderlarning yozishicha, Meizu bu gal ham smartfoniga ko‘p tanqid ostiga olinadigan Android’ning o‘zlashtirilgan Flyme UI operatsion tizimini o‘rnatadi. Old paneldan Home bosh tugmasi ham o‘rin oladi. Ekspertlarning fikricha, Meizu smartfon bozoridagi Samsung flagmaniga o‘xshash gadjetlar sonini yana bittaga ko‘paytiradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.