Meizu M3s: $100 dollarlik yanada «kuchli» smartfon 17 iyundan sotuvga chiqariladi    

Meizu M3s: $100 dollarlik yanada «kuchli» smartfon 17 iyundan sotuvga chiqariladi    

Meizu kompaniyasi 13 iyun kuni o‘zining navbatdagi ilg‘or, shu bilan birga nisbatan arzon bo‘lgan M3s mobil aloqa vositasini namoyish qildi.

Garchi, smartfonning narx-navosi ancha-muncha arzon bo‘lsa ham, uning ichki imkoniyatlari e’tiborni tortadigan darajada yuqori. Gadjetning metall korpusi 2,5D shisha hoshiya bilan o‘rab olingan. 5,5 dyuymli displeyning piksellar sig‘imi HD (720 x 1280) formatda.

Meizu M3s 8 yadroli (4 chastota 1 GGs + 4 chastota 1,5 GGs) MediaTek 6750 protsessori hamda grafik tasvir yordamchi protsessoriga ega. Aloqa vositasining tezkor xotirasi 2 GB, doimiy ichki xotirasining hajmi esa 32 GB. Uning nisbatan kuchliroq talqinlari ham ishlab chiqariladi. microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida qurilma xotirasinin 128 GB gacha ko‘tarish mumkin.

M3s’ning bosh kamerasi 13 megapikselli bo‘lib fazali avtofokus texnologiyasi tatbiq qilingan hamda ikki tonli fotochaqnoqqa ega. Gadjetning old kamerasi 5 MP.

Gadjet Android 5.1 Lollipop operatsion tizimining FlyMe OS 5.1. talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Akkumulyatorning elektr quvvat sig‘imi 3020 mA soat.

Qurilmada mTouch 2.1 barmoq izlari skaneri, mPay elektron to‘lov tizimi joriy qilingan.

Hamyonbop smartfon 2 SIM-kartali va 4G (VoLTE), Wi-Fi (802.11 a/b/g/n), Bluetooth 4.0, GPS hamda GLONASS aloqa texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Meizu M3s bo‘yiga 141,9 mm, eniga 69,9 mm bo‘lib, uning korpus qalinligi 8,3 mm, og‘irligi esa 138 gramm.

Yuqorida qayd etilgan barcha qulayliklarga ega smartfon 17 iyundan Xitoy bozoriga sotuvga chiqariladi va unga kompaniya tomonidan 107 (2 GB tezkor xotira/16 GB ichki xotira talqin) hamda 138 (3 GB/32 GB talqin) AQSh dollari miqdorida narx belgilagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!