Meizu tasdiqladi: ikki ekranli Pro 7 smartfoni chiqarilmaydi

  •   Saroy
  •  1044
  •  26.06.2018 11:34

Meizu tasdiqladi: ikki ekranli Pro 7 smartfoni chiqarilmaydi

Bundan bir yilcha avval, Meizu kompaniyasi o‘zining Pro 7 smartfonini ishlab chiqargan edi. Ushbu model nafaqat qo‘sh kamerasi bilan, balki qo‘sh ekrani bilan ham ekspertlar, bozor ishtirokchilari va foydalanuvchilarning e’tiborini tortgandi. Asosiy displeydan tashqari, smartfonning orqa paneliga kichkina displey o‘rnatilgandi. Unda vaqt, sana yoki kamerada olingan  suratlar ko‘rinib turardi. Endi ma’lum bo‘lishicha, ishlab chiqruvchilar eksperiment amalga oshmaganini tasdiqlagan va shu sababli, Pro 7 lineykasi ishlab chiqarishdan to‘xtatilgan.

Smartfonlar avval boshdanoq ommalashmagandi, natijada dukonlarda xaridorlarni jalb qilish uchun narxni tushirishga to‘g‘ri keldi. Sotuv jarayoni shu darajaga keldiki, Meizu Pro 7’ning bahosi  sotuv start olgandagidan ko‘ra ikki barobarga tushib ketdi.

O‘QING: Meizu 16’ning narxi ma’lum bo‘ldi

Avval boshda 3 million dona Meizu Pro 7 va Pro 7 Plus smartfonlarini sotish ko‘zda tutilgandi, ammo bir necha hafta o‘tib, buyurtmalar 1 million donaga qisqartirildi. Endi esa shu bir millionning ham qoq yarmi (500 mingta) omborxonalarda chang bosib yotibdi. Ayni paytda modelni ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

Meizu asoschisi Xuan Chjan yaqinda bergan intervyusida ushbu lineykaning ishlab chiqarilishi va yetkazib berish jarayonini shaxsan o‘zi nazorat qilgan. Endi, kompaniya rahbari avgust oyida sotuvga chiqariladigan navbatdagi model –  Meizu 16’ning muvaffaqiyat qozonishiga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qilgan. Buning uchun u, kompaniya mutaxassislariga  Meizu 16 bilan bog‘liq jarayonni sinchiklab tahlil qilishni va xaridorbop bo‘lishini ta’minlashni talab qilgan.

O‘QING: iPhone X’ni uyaltirgan smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!