Moskvada 97 ta bepul Wi-Fi bekatlari quriladi

Moskvada 97 ta bepul Wi-Fi bekatlari quriladi

2017 yilning birinchi choragida Moskva shahrida jami 97 ta bepul Wi-Fi ulanishi bilan ta’minlangan, oynavand panelli jamoat transporti bekatlari quriladi. Bu haqda shahar yo‘l harakatini tashkil etish markaziga tayanib, ferra.ru nashri xabar berdi.

Innovatsion bekatlarning ba’zilariga chipta sotiladigan avtomatlar ham  o‘rnatiladi. 45 ta bekatni kuzatuv kameralari bilan jihozlash rejalashtirilgan. Bekatlarning 10 tasiga joy xaritasi va qatnov grafigini ko‘rsatuvchi elektron tabloga ega stellar joylashtiriladi.

Hozirda jami 30 ta mana shunday turdagi bekatlar Moskvada aholiga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, shahardagi besh yuzga yaqin eski va yangi tipdagi bekatlar bepul Wi-Fi aloqasi bilan ta’minlangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.