Motorola: bir kunda Hindistonda 100 ming dona Moto E3 Power sotildi

Motorola: bir kunda Hindistonda 100 ming dona Moto E3 Power sotildi

Bundan bir necha kun oldin Hindistonda savdosi boshlangan Motorola’ning yangi  Moto E3 Power smartfoni haqiqiy xitga aylandi. Bu haqda Motorola Mobility kompaniyasining Hindistondagi filiasi direktori Amit Boni o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar bergan.

Hindiston bozorida 119 dollar turadigan Moto E3 Power kuchli – 3500 mA/st sig‘imidagi batareya, 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotiraga ega. Smartfon Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi, ikkita SIM-karta ishini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga 5 dyuymli HD formatidagi displey, to‘rt yadroli MediaTek MT6735P protsessori, 8 MPli LED chaqnoqqa ega asosiy kamera va 5 MPli old kamera o‘rnatilgan.

Doimiy xotirani microSD karta yordamida kengaytirish mumkin. Moto E3 Power 4G (LTE) va VoLTE texnologiyalarida ishlaydi. Smartfonda tezkor zaryadlash texnologiyasi qo‘llanilgan. Bundan tashqari, smartfon Wi-Fi 802.11 b/g/n, A-GPS, va Bluetooth v4.0 kabi modullar bilan ham ta’minlangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.