Motorola o‘ta yupqa hamda innovatsion smartfonni namoyish qildi

Motorola o‘ta yupqa hamda innovatsion smartfonni namoyish qildi

Ayni paytda Lenovo’ga qarashli brend 9 iyun kuni Moto Z hamda Moto Z Force qo‘shimcha qismlarga ega “aqlli telefon”larini taqdim qildi. Lenovo rahbarining ma’lum qilishicha, yangi smartfonlar batamom yangicha yondashuv hosilasidir. AMOLED ekranga ega smartfonlar Android 6 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Moto Z bejirim ko‘rinishga ega, Moto turkumidagi boshqa smartfonlarga qaraganda jozibalidir. 5.5 dyuymli gadjetning to‘liq metall korpusining qalinligi 5.2 mm. Displeyning piksellar sig‘imi 2560 x 1440. E  Gorilla Glass 4 himoya shisha qatlamiga ega.

Aloqa vositasi Snapdragon 820 protsessori, Adreno 530 grafik tasvir yonbosh protsessori, 4 GB tezkor xotira, 32/64 GB doimiy ichki xotira, zamonaviy barcha texnologiyalarga ega, F1.8 ob’yektivli 13 MP bosh hamda 5 Mp old kameraga ega. microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida uning ma’lumotlar sig‘imini 256 GB.gacha kengaytirish mumkin.

Smartfonning korpusi suv o‘tkazmas nano qoplamaga ega.  Moto Z’ning 2600 mA soat sig‘imli akkumulyatori o‘rtacha foydalanganda 30 soatga dosh berishi aytilmoqda.

Shuningdek, smartfonda barmoq izlari skaneri, yaqin masofada turib aloqa o‘rnatish (NFC) texnolgiyasi joriy yilingan.

Moto Z Force’da ba’zi dizayn farqlar mavjud. Shuningdek, uning korpus qalinligi 7 mm., og‘irligi 136 gramm. Unda akkumulyator sig‘imi 3500 mA soat. Moto Z Force 21 MP kameraga ega. Uning displeyi ham innovatsion texnologiyaga ega. Gadjetning og‘irligi 163 gramm.

Moto Z Force’da tezkor quvvat olish texnologiyasi o‘rnatilgan. 15 daqiqada smartfon 15 soatga yetadigan quvvat to‘play oladi.

42

Smartfonlarning eng muhim jihati ularning modulli dizaynida. Ya’ni, ularning korpusiga qo‘shimcha, yuqori imkoniyatga ega ovoz uzaytirgich, akkumulyator, qo‘shimcha chiroqni o‘rnatish tizimidir.

Moto Z hamda Moto Z Force’ni sentyabr oyidan boshlab jahon smartfon bozoriga chiqarish reja qilinmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!