Mukofot jamg‘armasi $30 minglik onlayn chempionatga marhamat!

  •   DiMaX
  •  875
  •  27.11.2020 10:58

Mukofot jamg‘armasi $30 minglik onlayn chempionatga marhamat!

O‘zbekistonda  28 noyabr kuni dasturlash bo‘yicha onlayn chempionat start oladi. Mazkur tadbir Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT-Park) va Dubai Future Foundation jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi $30 mingga teng, deb yozadi AKT vazirligi.

O‘QING: O‘zbekistonda dasturchilar qancha maosh olishi e’lon qilindi

Onlayn chempionat ikki bosqichdan iborat. Birinchi, saralash bosqichi 28-29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, va ushbu bosqichda barcha ishtirokchilar chempionatning final bosqichiga yo‘llanma olish uchun qator vazifalarni bajaradi. Ikkinchi, final bosqichi 5-6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa natijalari bo‘yicha jami oltita g‘oliblar aniqlanadi.

Barcha ishtirokchilar ikkita kategoriyalarda kurashadi:

  • A kategoriyasi – 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar (murakkab topshiriqlar);
  • B kategoriyasi – maktab o‘quvchilari (osonlashtirilgan topshiriqlar).

Dasturlash bo‘yicha onlayn chempionatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi maqomiga ega bo‘lgan va «Bir million dasturchi» kurslaridan birini bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kiritgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Saralash bosqichida ishtirok etganlar avtomatik ravishda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Dasturlash bo‘yicha Xalqaro talabalar olimpiadasining (ICPC) chorak finalida ishtirok etishlari ham mumkin.

Dasturlash bo‘yicha onlayn chempionatida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://sport-programming.uz/

O‘QING: Oyiga 5 000 – 7 000 dollar daromad topayotgan 23 yoshli dasturchi Sardor Islomov bilan suhbat

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!