Namangandagi korxona va tashkilotlar haqida ma’lumot beruvchi Devon dasturi taqdim etildi

Namangandagi korxona va tashkilotlar haqida ma’lumot beruvchi Devon dasturi taqdim etildi

Namanganlik dasturchilar Devon deya nom olgan mobil dasturni foydalanuvchilarga taqdim etdi. Bu haqda «Namnews.uz» xabar bermoqda, deb Daryo.uz yozmoqda.

Dasturdan viloyatning geografik joylashuvi, korxona va tashkilotlari haqida to‘laqonli ma’lumot olish mumkin.

— Devon axborot oluvchiga o‘zi qiziqayotgan ma’lumotlarni bir zumda yetkazadi. Jami 272 ta bo‘lim mavjud bo‘lib, ular yo‘nalishlar bo‘yicha korxona, tashkilotlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, — deydi loyiha muallifi Laziz Nosirov. — Ushbu dastur Android platformasida ishlaydi, Google Play Market internet do‘konida mavjud. Boshqa tizimlar uchun ham yaratish ishlari olib borilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!