Nanoxia Ncore Retro klaviaturasi yozuv mashinka dizaynida yaratilgan

Nanoxia Ncore Retro klaviaturasi yozuv mashinka dizaynida yaratilgan

Nanoxia kompaniyasi garchi ba’zida futuristik dizayndagi mahsulotlar tayyorlab tursa-da, bu gal u o‘tmishga qaytishga qaror qildi. Uning eng oxirgi gadjetlaridan biri bo‘lgan Ncore Retro klaviaturasi o‘tgan asrda keng ommalashgan yozuv mashinkasi uslubida yaratilgan. Klaviaturadagi klavishalar dumaloq shaklga ega, korpusdan balandroq holatda joylangan.

Klaviatura mexanik formatda, uning klavishalarini almashtirish yoki tozalash maqsadida yechib olish mumkin. O‘tkazgichlarning xizmat qilish muddati 70 million bosishga mo‘ljallangan, fiksatsiyasi juda qulay. Klaviaturi suv kirishidan himoyalangan, korpus platstikdan ishlangan, qirralari xromrang ko‘rinishda. Ba’zi tugmalar Fn tugmasini bilan birgalikda ma’lum multimedia funksiyalarini bajarishi mumkin.

So‘rov chastotasi 1000 Gs, klavitura boshqa qurilmalarga USB-kabel orqali ulanadi. Og‘irligi – 1,3 kg. Narxi 110 yevro atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.