Nike yangi Jordan krossovkasini namoyish qildi: bog‘ichi avtomatik tarzda bog‘lanadi

  •   Saroy
  •  677
  •  22.09.2018 11:19

Nike yangi Jordan krossovkasini namoyish qildi: bog‘ichi avtomatik tarzda bog‘lanadi

2016 yilda   Nike kompaniyasi “Kelajakka qaytib” filmidagi Marti Makflaynikiga o‘xshagan HyperAdapt 1.0 krossovkalarining cheklangan lineykasini namoyish etgandi. Kompaniya ushbu poyafzal ustida eksperiment ishlarini hamon davom ettirmoqda va uni avtomatik ravishda bog‘ichini bog‘laydigan tizim bilan boyitdi. Ushbu tajriba  Jordan XXXIII krossovkasida amalga oshirildi.

O‘QING:Adidas 3D-printerda chiqarilgan krossovkalarni namoyish qildi

Bog‘ichini tortish texnologiyasi FastFit deb ataldi. Faqat HyperAdapt krossovkalarida bog‘ich yaxshi tortilishi uchun tagcharmga  poshna kiydirish kerak bo‘ldi. Yangi Jordan krossovkasida buning uchun unchalik katta bo‘lmagan ilmoqni tortib qo‘yish lozim, deb xabar qiladi Engagdet. Noqulaylik bo‘lmasligi uchun shnurlar poyafzal egasining oyog‘i ostidan bor kuch bilan tortiladi.  

O‘QING:O‘zi bog‘lanuvchi krossovkalarni yaratish usuli namoyish qilindi

Bunday krossovkalar uchun 175 dollar so‘ralmoqda, sotuvga 18 oktyabrda start beriladi. Agar bu narx ko‘p tuyulsa, eslatamiz, Marti Makflayning krossovkasi uchun 720 dollar so‘rashgandi. Endi u olib sotarlar qo‘lida bir necha barobar qimmat turadi.