Nursulton Nazarboyev “Raqamli Qozog‘iston” dasturini ishlab chiqishni topshirdi

Nursulton Nazarboyev “Raqamli Qozog‘iston” dasturini ishlab chiqishni topshirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 30 yanvar kuni kechqurun mamlakat telekanallari orqali maxsus chiqish qildi. Nazarboyev xalqqa murojaatida hukumatga “Raqamli Qozog‘iston” dasturini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini yukladi, deya xabar qiladi Sof.uz.

Davlat rahbari fikricha, Qozog‘istonda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali yaratiladigan yangi sanoatlarni o‘stirish zarur, bu “muhim kompleks vazifa” hisoblanadi.

Nazarboyev, shuningdek, hukumatga EKSPO-2017 ob’yektlaridan birining bazasida IT-startaplarning xalqaro texnoparkini yaratishni topshirdi.

“U butun dunyodan tadbirkorlar va investorlarni jalb qilish uchun mo‘ljallangan platformaga aylanishi kerak… Biz, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari, Nazarboyev universiteti va ‘Alatau’ erkin iqtisodiy zonasi bazasida ilmiy va innovatsion salohiyatimizni oshirishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.