Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (12 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (12 hafta)

Yangi Galaxy A smartfonlari hamon reytingda yetakchilik maqomini saqlab turishibdi. Bu hafta ular o‘rin almashib olishdi. Ya’ni Galaxy A53 modeli birinchi o‘ringa, A73 esa ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. O‘tgan hafta yetakchi bo‘lgan Galaxy A33 esa birdan sakkizinchi pog‘onaga tushib ketdi.

Redmi Note 11 va Galaxy S22 Ultra smartfonlari mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni band etishdi. Yangi realme GT Neo3 modeli beshinchi, Xiaomi 12 Pro esa oltinchi o‘ringa joylashdi. 

iPhone SE (2022) ushbu haftada uchinchi o‘rindan yettinchi o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, Galaxy A52s o‘tgan haftadagi to‘qqizinchi o‘rnini saqlab qoldi. Reytingni esa iPhone 13 Pro Max yakunlab berdi. 

Top o‘ntalikni bu hafta Redmi Note 11 Pro+ 5G smartfoni tark etdi. 

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi: 2 

Samsung Galaxy A73 5G

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 4 

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 7 

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 5 

realme GT Neo3

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Xiaomi 12 Pro

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 6

Apple iPhone SE (2022)

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 3 

Samsung Galaxy A33 5G

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 1 

Samsung Galaxy A52s 5G

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 9 

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (11-hafta) 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!