OnePlus 5 va 5T yangilangan proshivkali bo‘ldi
Xitoy ishlab chiqaruvchilari OnPlus 6 flagmanini namoyish qilganidan keyin, eski qurilmalari uchun ham yangilangan proshivka o‘rnata boshladi. Yaqinda OxygenOS’ning yangi versiyasiga OnePlus 3 va 3T’ni o‘rnatishdi, kuni kecha esa, OnePlus 5 va 5T’ni ham yangilash boshlandi.
Yangilangan qurilma 1.6 GBni tashkil etadi. Kompaniyaning bayonot berishicha, ular proshivkani butunlay yangisiga almashtirgan. To‘g‘ri, unda yangiliklar ko‘p emas, lekin bor. Xavfsizlik patch bilan boyitildi, ekranga qo‘sh barmoq bosib turib smartfonni bloklash mumkin, shuningdek, yuqoridan pastga siypab tushiriladigan parda dizaynida ham ozgina o‘zgarish kiritilgan.
O‘QING: OnePlus 6'da olingan ilk suratlar
Eng muhimi, OnePlus qurilmaning avtonom sharoitdagi faoliyat vaqtini uzaytirilib, ishlash samaradorligini yanada oshirilgan, shuningdek operatsion tizimning avvalgi versiyasidagi ko‘plab xatolar ham bartaraf etilgan. Masalan, Wi-Fi-tarmog‘iga ulanishda paydo bo‘ladigan muammolar hamda AKG quloqchinidagi mikrofonning yomon ishlashi kabilar.
Yangi proshivkani «havo orqali» tarqatish allaqachon boshlangan. Agar hali ham olmagan bo‘lsangiz, u holda VPN’ni qo‘shing va «Kanada» yoki «Germaniya»ni tanlang. Shundan qilganingizdan keyin smartfon darhol OTA–-yangilanishni ko‘radi.