OnePlus ertaga sirli mahsulotini taqdim qiladi

OnePlus ertaga sirli mahsulotini taqdim qiladi

Kuni kecha Xitoyning smartfonsoz kompaniyasi OnePlus o‘zining yangi flagman lineykasini global bozorga taqdim etdi, ammo qurilmalarning Xitoy uchun taqdimoti ertaga, 17-aprel sanasiga rejalangan.

Ko‘pchilik kompaniya Xitoy bozorida ham bir xil taqdimot o‘tkazadi, deb o‘ylagandi, ammo OnePlus ertaga e’lon qiluvchi smartfonlari oasida sirli mahsulot ham borligi haqida tizer chiqardi. Bu haqda OnePlus'ning Weibo'dagi sahifasiga tayanib, GSMArena nashri xabar bermoqda.

Sirli devays OnePlus Z yoki OnePlus 8 Lite'lardan biri ekanligi taxmin qilinmoqda. Lekin shu yerda bitta savol tug‘iladi: bu smartfon nega faqat Xitoy uchun taqdim qilinyapti? Bunga ikkita sabab bo‘lishi mumkin.

Bir tomondan, OnePlus komponentlar ta’minoti borasida muammoga duch kelyotgan bo‘lishi va savdolarni ma’lum muddat faqat Xitoy bozorida amalga oshirib, keyinchalik boshqa davlatlarga ham o‘tishni rejalashtirayotgan bo‘lishi ehtimoli bor. Ikkinchi tomondan esa, gadjet faqat Xitoy uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

Mish-mishlarga ko‘ra, sirli smartfon MediaTek Dimensity 1000 chipida ishlab, 6.4 dyuym diagonalli 90Hz displeyga ega bo‘ladi. Ba’zilar uni OnePlus X'ning davomchisi deb o‘ylamoqda. Hammasini ertaga bilib olamiz.

O‘QING: OnePlus atigi 10 daqiqada quvvatlanib, 10 soat ishlovchi devays chiqardi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!