O‘z smartfoning o‘zingga xoin: Samsung smartfonlari egalarini sotmoqda

  •   Saroy
  •  2247
  •  30.06.2018 13:54

O‘z smartfoning o‘zingga xoin: Samsung smartfonlari egalarini sotmoqda

Samsung qurilmasi egalari  smartfonlarining haddan ziyod mustaqil bo‘lib borayotganidan shikoyat qilmoqda: gadjetlar o‘z egalarining suratlarini ulardan “so‘ramasdan” begonalarga jo‘natib yubormoqda.

Reddit forumida foydalanuvchilarning yozishicha, muammo  Samsung Messages ilovasining yangilanishidan keyin paydo bo‘lgan. Ulardan birining smartfoni tasodifiy aloqa tufayli egasining rasmini jo‘natib yuborgan, yana bir smartfon butun boshli galereyani egasidan yashirin ravishda begona kishiga  jo‘natgan.

Bu ham yetmaganidek,  gadjetlar o‘z ortidan izni yo‘qotishni ham bilarkan: Xabarlar tarixida bunday yozuvlar yo‘q, albatta, lekin “jinoyat”ni operatorning logi tasdiqlashi mumkin.

O‘QING: Apple va Samsung: nihoyat yarashishga qaror qilishdi

«O‘tgan tunda, soat  2:30 atrofida mening telefonim butun boshli fotagalereyamni bir qizga jo‘natib yuboribdi, biroq bu, SMS junatish uchun ilovaning o‘zida aks etmagan. Faqat,  bu haqda mening uyali operatorim logida yozib qoldirilgan. Nega shunday bo‘ldi?» — deb yozadi foydalanuvchilarning biri.

Chamasi, bunday bag uyali aloqa operatorlari kim bo‘lishidan qat’iy nazar Samsung’ning istalgan modelida yuz berishi mumkin. Hozircha ishlab chiqaruvchi bu kabi  shikoyatlarga umuman munosabat bildirmayapti.

Shu bois, foydalanuvchilarga hozircha avtomatik yangilanishni  o‘chirib turish  va  Samsung Messages’ning so‘nggi versiyasini o‘rnatmaslik tavsiya qilindi.

O‘QING: Apple va Samsung: nihoyat yarashishga qaror qilishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!