O‘zbekistonda bolalar uchun ta’lim telekanali tashkil etilishi mumkin

  •   DiMaX
  •  639
  •  05.03.2019 16:52

O‘zbekistonda bolalar uchun ta’lim telekanali tashkil etilishi mumkin

Maktabgacha ta’lim vazirligida Koreyaning ta’lim teleradiokompaniyasi – EBS vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu xususda vazirlik rasmiy saytiga tayangan holda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonlik bloger «Yoshlar» telekanalini sudga bermoqchi

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda bolalar uchun ta’lim telekanali tashkil etish istiqbollari, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy ta’lim media-kontentlari yaratish imkoniyatlari, shuningdek, malakali media-mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda ta’limiy dasturlar saqlanuvchi data-markaz tashkil etish, MTV mutaxassislarining Koreyaning ta’limiy dasturlar uzatuvchi tizimida amaliyot o‘tash imkoniyatlari tahlil qilindi.

MTV Bosh boshqarma boshlig‘i Yelena Ten so‘zlariga ko‘ra, vazirlik EBS mutaxassislarining shunchaki ko‘ngilochar emas, balki interaktiv ta’lim kontentlarini yaratishdagi tajribasiga e’tibor qaratmoqda.

«Biz kontentlar faqat ko‘ngilochar bo‘lishi va bolalar kun bo‘yi televizor qarshisida vaqt o‘tkazishini istamaymiz. Ammo MTMga chiqmaydigan bolalar uchun telekanal uy sharoitida sifatli kontentga ega bo‘lish imkoniyatini beradi, MTM bolalari uchun esa u rivojlanish jarayonidagi qo‘shimcha imkoniyatdir. Muzokaralar axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion Markazini ham tashkil etishni ko‘zda tutgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi 39559-sonli Qarori doirasida amalga oshirilmoqda. EBS vakillari mana shunday zamonaviy markaz barpo etishda bizga yordam berishlari mumkin», dedi Yelena Ten.

EBS bilan 2019 yil aprel oyida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

O‘QING: Bolalar endi maktabga onlayn qabul qilinadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!