Play Store do‘koni Google'ga 2019-yilda qancha foyda keltirgani ma’lum qilindi. Gap milliardlar haqida!

Play Store do‘koni Google'ga 2019-yilda qancha foyda keltirgani ma’lum qilindi. Gap milliardlar haqida!

Alphabet Inc. ning Google kompaniyasi 2019-yilda Google Play do‘konidan 11.2 millard dollar daromad olgan. Bu haqda shanba kuni ochiqlangan sud hujjatiga tayanib Reuters xabar bermoqda.

O‘QING: Xiaomi blogerni sudga berib, jarimaga torttirdi

Mazkur ma’lumot Play Store'ning moliyaviy natijalari haqida ilk marotaba aniq berilgan axborotdir.

Google'ni Play Store orqali antimonopol qonunlarni buzganlikda gumonlab sudga bergan Yuta shtati va AQShning boshqa 36 shtati yoki tumani bosh prokurorlari redaksiya qilinmagan hujjat orqali ma’lum qilishicha, 2019-yilda kompaniyaning yalpi daromadi 8,5 milliard, operatsion daromadi esa 7 milliard dollar bo‘lgan, operatsion marja esa 62% dan oshiqni tashkil etgan.

Yuqoridagi raqamlar ilovalar sotuvi, ichki xaridlar va Play Store'dagi reklamalardan tushgan daromadni o‘z ichiga oladi. Google Reuters'ga: «Ma’lumotlardan foydasiz sud jarayonida bizning biznesimizga noto‘g‘ri tavsif berish uchun foydalanilyapti», deb izoh bergan.

Shanba kuni kiritilgan boshqa bir sud hujjatida aytilishicha, Google Android qurilmalari uchun ilovalar sotuvida monopoliyaga yo‘l qo‘ygan-qo‘ymaganligi masalasida 2022-yil oxirlarida sud bo‘lib o‘tishi mumkin.

Choraklik moliyaviy hisobotlarida Google o‘zining Play Store do‘konidan kelgan daromadini boshqa xizmatlar guruhiga kiritgan va do‘konning reklamalardan kelgan daromadini boshqa bir kengroq kategoriya ichida ko‘rsatgan. Bosh prokurorlar, Epic Games kompaniyasi va Google'ni alohida sudga bergan boshqa tomonlarning qayd etishicha, Google sotilgan har bir raqamli mahsulot qiymatidan 30% ulushni o‘ziga olib qoladi va Play Store kompaniyaga juda katta daromad keltiradi.

Da’vogarlarning aytishicha, Google ilova sotuvlaridan oladigan ulush asossiz ravishda katta va bu ilova yaratuvchilarning foydasini kamaytiradi.

Google'ning ta’kidlashicha esa, Play Store va undagi to‘lov usullariga muqobillar bor. Holbuki, tanqidchilar so‘zlariga ko‘ra, bu usullar foydasiz va hatto ba’zan bloklab qo‘yilgan paytlar ham bo‘lgan.

Da’vogarlarning qayd etishicha, raqobatdosh bo‘lmagan bitimlar orqali Google «League of Legends» o‘yni yaratuvchisi Riot Games kabi yirik kompaniyalar Play Store'ni tark etmasligi uchun ularga imtiyozlar bergan, ba’zan cheklovlar o‘rnatgan.

Epic Games tomonidan shu oy sudga kiritilgan arizada aytilishicha, ichki hujjatlarga ko‘ra, agar dasturchilar Play Store'ni muvaffaqiyatli chetlab o‘ta olsa, Google yiliga 1.1 milliard dollar daromad yo‘qotishgan qo‘rqqan.

O‘QING: Google 500 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!