Prezident maktablarining asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzating!

  •   DiMaX
  •  915
  •  23.07.2019 11:41

Prezident maktablarining asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzating!

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi 2019 yilning Prezident maktablariga 22-24 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimida (online tarzda) kuzatish uchun imkoniyat yaratdi. Mazkur amaliyot Uztelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yildi, deb yozadi Prezident maktablarining rasmiy Telegram-kanali.

O‘QING: Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti ishga tushdi

Asosiy qabul imtihonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida imtihonlarning video-strimingi tashkil etilmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz/ havolasi orqali onlayn kuzatishlari mumkin.

Namangan, Nukus, Xorazm va Toshkent shaharlarida qabul imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan binolarda veb-kameralar o‘rnatilgan, ular o‘z navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini ko‘rsatadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimining yuklanishdagi tezligini ta’minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar TAS-IX’dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag‘lari tejaladi.

O‘QING: Endi farzandingizning baholarini onlayn kuzatib bora olasiz!