Samsung “1-raqamli” smartfonsozlik maqomini saqlab qoldi

Samsung “1-raqamli” smartfonsozlik maqomini saqlab qoldi

2016 yilning yakunida qadar jahon smartfon bozorida to‘liq ustunlikni bermagan Apple kompaniyasi joriy yil boshida “uloq”ni koreyalik raqibi Samsung’ga oldirib qo‘ygan edi. 2017 yilning ilk choragi yakunlariga ko‘ra, Janubiy Koreya IT-gigantining I chorakda sotligan smartfonlardagi ulushi 22,8% ni tashkil qiladi. Bu to‘g‘rida xalqaro IDC marketing tadqiqotlari kompaniyasi xabar bermoqda.

Samsung Electronics bu chorakda, aniqrog‘i yanvar-mart oylarida 7.9 million dona smartfon sotgan. Ahamiyatli jihati, bu tadqiqotlar olib borilganida Samsung Galaxy S8 smartfoni bozorga chiqarilmagan edi. Brendning J- va A- turkumiga kiruvchi hamyonbop modellari ham uning bozordagi yetakchiligiga sezilarli hissa qo‘shgan.

Samsung Galaxy Note 7 flagmanining yonib ketishi bilan bog‘liq holatlarda kompaniya yaxshi diplomatik yondashuvlardan foydalandi. Kompaniya rahbariyatining iste’molchilardan rasman uzr so‘ragani, zudlik bilan smarftonlarning chaqirib olingani, ularning o‘rniga Galaxy S7 va boshqa aksessuarlarning chegirma bilan sotilishi kompaniyaning nufuzini saqlab qola oldi.

Amriqolik Apple kompaniyasi esa bu davrda smartfon bozorida sotilgan 14.9 foiz gadjetga egalik qiladi. Undan keyinda Huawei Technologies (9.8), Oppo (7.4), Vivo (5.4) smartfon brendlari turibdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.