Samsung Galaxy A04s smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Samsung Galaxy A04s smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

O‘tgan yilgi Galaxy A03s modelining yangi avlodi hisoblanuvchi Galaxy A04s (SM-A047F) smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi. Hali taqdim etilmagan qurilma bir yadroli testda 152 ball, ko‘p yadroli testda esa 585 ballni qo‘lga kiritdi. 

GeekBench smartfon Exynos 850 chipi bilan jihozlangani haqida ma’lumot berdi. Ushbu chip Galaxy A13 va M13 modellariga ham o‘rnatilgan edi. Galaxy A04s modeli Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4 grafik qobig‘ida ishlaydi va 3GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. 

Smartfon renderlaridan ko‘rinib turibdiki, uning orqa panelida uchta kamera bo‘ladi. Shuningdek, qurilmaga 60 gerts chastotada ishlovchi 6.5 dyuymli LCD displeyi va 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi kutilmoqda. 

O‘QING: Snapdragon 8+ Gen 1 chipi bilan chiqariladigan ilk smartfon 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!