Samsung Galaxy J2 Core: kompaniyaning Android Go’da ishlaydigan ilk smartfoni

  •   Saroy
  •  7956
  •  24.08.2018 11:37

Samsung Galaxy J2 Core:  kompaniyaning  Android Go’da ishlaydigan ilk smartfoni

Kuni kecha Samsung kompaniyasi arzon Galaxy J2 Core samartfonining anonsiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqda xabar qilingan edi. Tarmoqlarda yangi qurilmaning hatto ayrim tavsiflari va renderi ham paydo bo‘lgandi. Bugun ushbu arzon aparat haqida yana boshqa tafsilotlar aytilmoqda.

Mana ular: Samsung smartfon ishlab chiqarish borasida yana  Google bilan hamkorlik qilmoqda. Ushbu hamkorlikning ilk nishonasi Galaxy J2 Core smartfoni bo‘ldi. U unchalik kuchli bo‘lmagan qurilmalar uchun yengil ilovalarni ishlata oladigan  Android Go’ning soddalashtirilgan tizimida faoliyat ko‘rsatadi.  Shu bois smartfon tavsifi ham u qadar boy emas, ammo shunga yarasha  narxi ham arzon.

O‘QING:Samsung Galaxy X: egiluvchan smartfonning ilk tasvirlari

Galaxy J2 Core 5-dyuymli Super AMOLED displeyiga ega bo‘ladi, formati qHD yoki 540×960 piksel. Korpusi plastikdan ishlangan. Ekran ostidagi «domoy» tugmachasi va  sensorli klavish olib tashlangan. Boshqarish faqat displey orqali amalga oshiriladi.

Smartfonning asosiy kamerasi bittalik, formati — 8 Mp. Old kamerasi 5-megapikselli sensor bilan ta’minlanibdi. Ikkita sim-karta uchun slot ham bor ekan. LTE tarmog‘ini ham qo‘llab quvvatlaydi. Smartfon soddalashtirilgan Android 8.1 Oreo’da Go pristavkasi bilan ishlaydi. Bu, apparat ish samaradorligi pastligiga qaramay ilovalar bilan tez ishlashga moslashtirilgan, deganidir.

O‘QING:Ilk bor! O‘zbekistonda Samsung Note 9 smartfonlari qimmatbaho sovg‘alari bilan sotuvga qo‘yildi - Olcha.uz'da birinchilardan bo‘lib buyurtma bering!

Yana bir ma’lumot: hozircha Galaxy J2 Core smartfoni Hindiston va Malayziya bozoriga chiqariladi, deb ma’lum qildi The Verge nashri. Aniq narxi aytilmayapti, lekin apparat 100 dollardan past narxda bo‘lishi aniq.

Galaxy J2 Core tavsifi:

  • Displey: 5 dyuymli, formati 540×960;
  • Protsessor: Exynos 7570;
  • Xotira1 GB tezkor va 8 GB doimiy;
  • Kamera: asosiysi 8 Mp va old 5 Mp;
  • Akkumulyator: 2600 mAch;
  • TizimAndroid 8.1 Oreo (Go).

O‘QING:Galaxy Note 9 sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatdi!