Samsung Galaxy Note9 S Pen ctilusi bilan ta’minlanadi, Bluetooth ham bor

  •   Saroy
  •  1118
  •  05.07.2018 10:04

Samsung Galaxy Note9 S Pen ctilusi bilan ta’minlanadi,  Bluetooth ham bor

Galaxy Note lineykasi har doim boshqalardan o‘zining katta ekrani va  S Pen stilusi bilan ajralib turgan. Biroq ilk nusxasidan buyon bu qurilma tub o‘zgarishlar qilgani yo‘q. Samsung’ning yangi Note9 modeli endi hammasini o‘zgartirishi kerak: AQShning aloqa bo‘yicha Federal komissiyasi (FCC) reyestrida S Pen stilusi Bluetooth modulini olgani haqda xabar paydo bo‘ldi.

Yangi S Pen stilusida juda oz energiya iste’mol qiladigan Bluetooth LE bor, bu esa yana bir nechta funksiyani qo‘shish imkonini beradi. Aloqa moduli yordamida stilus tugmasi smartfon ekraniga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanmasa ham ishlayveradi va shu yo‘l bilan uni musiqa uchun boshqaruv pulti yoki kameraning zatvorini tushirishda foydalanish mumkin, deyiladi Android Police tarqatgan xabarda.

O‘QING:Samsung Galaxy Note 9 sinovdan o‘tdi, hatto maxsus sertifikat ham oldi

Biroq, bu hali stilusda qo‘shimcha akkumulyator bo‘ladi degani emas, lekin uni baribir quvvatlantirish kerak bo‘ladi.  Demak, S Pen korpusida maxsus ulanishlar bor, ularning yordamida u smartfon korpusidan quvvat oladi.

Yuqorida aytilgan gaplar hali o‘zining tosdig‘ini topganicha yo‘q, Samsung  kompaniyasi amalda qanday yangiliklarni kiritadi, bu haqda shu yilning 9 avgustida bo‘lib o‘tadigan Note9’ning taqdimotida bilib olish  mumkin.

O‘QING:Samsung Galaxy Note 9 stilusi yangilanmoqda