Samsung Galaxy S7’ning iPhone’dan 5 ta ustun jihati

Samsung Galaxy S7’ning iPhone’dan 5 ta ustun jihati

Apple va Samsung – mobil qurilmalar olamidagi ikki yirik va munosib raqiblar. Ular 2015 yilda jahon smartfon bozorining yetakchilariga aylanishgan. Xalqaro bozorda sotilgan smartfonlarning 22 foizi Samsung’ning, 16 foizi Apple’ning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu dalil IDC axborot texnologiyalari sohasidagi tadqiqot kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan.

Samsung’ning so‘nggi, bir qator ilg‘or g‘oyalarga boy Samsung Galaxy S7 va S7 Edge gadjetlari ikki kompaniya o‘rtasidagi raqobatni yanada kuchaytirdi. Samsung Galaxy S7 smartfon bozoriga innovatsion kamera, yangicha dizayn va tashqi ta’sirlarga bardoshli tizimlar bilan kirib keldi.

Quyida “Time” jurnali tomonidan taqdim qilingan Galaxy S7’ning iPhone’dan ustun, deb hisoblangan 5 jihatini e’tiboringizga havola qilamiz.

Kamerani bosh tugmaga ikki marta chertish orqali ishga tushirish

Samsung navbatdagi gadjetda foydalanuvchi tez-tez murojaat qiladigan kamerani bosh tugmaga ikki marta chertish orqali ishga tushirish imkoniyatini yaratdi. Kompaniyaning aytishicha, qurilma chertilgach, kamera bir soniyaga yetar-yetmas vaqt ichida ishga tushadi.

Apple’da mazkur imkoniyat yo‘q. Uning qurilmalarida kamerani asosiy menyuning o‘ng tomon burchagidagi kamera belgisini chertish yordamida ishga tushirish mumkin.

Fotochaqnoqni yoqmasdan turib yorug‘lik past joyda ham surat olish imkoniyati

Galaxy S7’da tatbiq qilingan eng ilg‘or texnologiyalardan biri –  yorqin suratlar olish qobiliyatidir. Hatto yorug‘lik past joyda ham sifatli surat olish mumkin. Kamera sensoridagi piksellar hajmining kengaytirilgani aniq va ravshan fotosuratlar olinishini kafolatlaydi.

iPhone 6s’da esa asosiy yorug‘lik beruvchi manbaa uning ekrani bo‘lib, u ham old kamerada suratga olganda ish beradi.

NFC – yaqin masofada aloqa o‘rtanish orqali to‘lov amalga oshirish

So‘nggi yillarda mobil kompaniyalar foydalanuvchiga o‘z kredit kartochkasidagi mablag‘ orqali turli to‘lovlarni amalga oshirishiga yordam beradigan tizimlarni ishlab chiqishmoqda.

Misol uchun, Apple Pay ham yaqin masofada turib, maxsus terminal apparatiga qo‘l telefoni yordamida to‘lov qilish texnologiyasi – Near Field Communication (NFC)’dan foydalanmoqda. Ammo bu tizim hozircha hamma joyda mavjud emas va barcha to‘lov terminallari uchun mo‘ljallanmagan.

Samsung Pay to‘lov tizimi esa kredit kartochkasi orqali to‘lovni qabul qiluvchi, NFC texnologiyasi mavjud barcha joyda pul to‘lovini amalga oshirish imkonini beradi.

Smartfonni simsiz quvvatlantirish

Ko‘pchilik Android mobil qurilmalari singari, Samsung’nig Galaxy S7 smartfonining akkumulyatorini ham simsiz quvvatlash mumkin. Foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida quvvatlantirish “tarelkasi” yordamida smartfonni ham “oziqlantirish”lari, ham undan foydalanishlari mumkin.

iPhone’da ham bu jihatning tatbiq qilinishi taxmin qilinmoqda. Ammo hozircha bu rasman tasdiqlangan emas.

Qo‘shimcha xotirani kengaytirish

Kino va musiqa ixlosmandlari uchun yangi gadjetlarning xotira imkoniyati haqiqiy mo‘’jiza bo‘ldi. Galaxy S6’dan farqli ravishda, Galaxy S7’da mavjud microSD qo‘shimcha xotira qurilmasi gadjetning xotirasini 200 GB.gacha oshirish imkonini beradi.

Ammo iPhone 6s smartfonida qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi va xotirani kengaytirish imkoni cheklab qo‘yilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!