Samsung kompaniyasi Galaxy Note 8 ustida ishlayapti…mi?

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 8 ustida ishlayapti…mi?

Samsung kompaniyasining o‘tgan yili e’lon qilingan Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlari SM-G920 va G925 model kodlari bilan yuritilgandi. Joriy yildagi Galaxy S7 va S7 Edge qurilmalari esa SM-G930 va G935 kodlariga ega bo‘ldi.

IXBT saytining bloger Evan Blassga tayanib ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya texnologiya gigantining navbatdagi Galaxy S8 smartfonlari ham ikki xil versiyada tayyorlanadi va SM-G950 va G955 model kodlari bilan sotuvga chiqariladi.

evanb

Biroq insayder tomonidan oshkor qilingan eng muhim ma’lumot bu emas. Blassning yozishicha, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 8 ustida ish olib borayotgan bo‘lishi mumkin. Har holda oshkor qilingan axborotlar orasida SM-N950 model kodi ham bor. Bunday kodlar, odatda, firmaning Note seriyasidagi gadjetlariga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 7 bilan sodir bo‘lgan holat tufayli avvalroq matbuotda firma Note seriyasidan butunlay voz kechishi mumkinligi borasida xabar tarqalgan edi.