Samsung Note brendidan voz kechishi mumkin

Samsung Note brendidan voz kechishi mumkin

Samsung kompaniyasi ayni paytda Note brendidan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Hi-Tech.Mail.ru nashri Samsung shtab-kvartirasidagi manbaga suyanib xabar berdi. So‘nggi paytda Galaxy Note 7 bilan yuz bergan salbiy shov-shuvlar natijasida kompaniya shunday qaror chiqarishi mumkin.

Manbaning qayd etishicha, Note qurilmalariga bo‘lgan ishonch Galaxy Note 7 bilan yuzaga kelgan noxushliklar ta’sirida yo‘qotildi. Bundan tashqari, turli mamlakatlarda ushbu brend borasida o‘tkazilgan so‘rovlarda respondentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i mazkur lineyka smartfonlariga salbiy yondashishini bildirgan. Biroq kompaniya Galaxy brendini o‘z joyida qoldiradi, sababi barcha modellarni qayta nomlash firmaga juda katta moliyaviy  yo‘qotish olib kelishi mumkin.

Hozircha bunday xabar Samsung Electronics tomonidan tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan ikki kun oldin Janubiy Koreya kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatishi haqida ma’lum qilgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!