Selfiga tushiruvchi droncha ishlab chiqarildi

Selfiga tushiruvchi droncha ishlab chiqarildi

ONAGOfly nomli uchuvchisiz kichik apparat egasining yuzida tabassum alomatlari sezilishi bilan suratga tushiradi.

Apparat o‘lchami juda kichik bo‘lganligi sababli qayddan o‘tkazish talab qilinmaydi. Dronchaning vazni 136 gramm. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra uchuvchi apparatning vazni 250 grammdan ziyod bo‘lsa qayddan o‘tkaziladi.

ONAGOfly apparati narxi 199 dollar. Hozirda internet orqali 9 ming xaridor buyurtma berdi. Dronchani mart oyida boshlab mijozlarga yetkazib beriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.