Sharp OLED displeylarni tayyorlash uchun 566 mln dollar sarmoya sarflamoqchi

Sharp OLED displeylarni tayyorlash uchun 566 mln dollar sarmoya sarflamoqchi

Yaponiyaning displey va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Sharp firmasi kelajakda iPhone telefonlarida ishlatiladigan OLED ekranlarni ishlab chiqish uchun 566 mln dollar sarmoya sarflashni rejalashtirgan. Bu Yaponiya firmasining Tayvanning Foxconn kompaniyasi nazoratiga o‘tgandan keyin amalga oshiradigan eng yirik loyihaci bo‘ladi.

OLED displeylarni tayyorlaydigan birinchi pilot-liniyalar Yaponiyaning Osaka va Miye prefekturasidagi zavodlarga o‘rnatiladi. Yangi turdagi displeylarni Sharp 2018 yilda yalpi tarzda ishlab chiqarishni mo‘ljallagan.

sm.as-2.750

Eslatib o‘tamiz, Tayvanning Foxconn kompaniyasi shu yilning avgust oyida Sharp’ning nazorat aksiyalari (66,07%) to‘plamini 3,8 mlrd AQSh dollariga xarid qilgan edi. Endilikda yapon firmasi Foxconn tomonidan to‘liq nazorat qilinadi.

Bloomberg nashrida berilgan xabarga ko‘ra, Apple kompaniyasi Sharp bilan hozirda OLED panellarni xarid qilish borasida muhokamalarni boshlab yuborgan. Kelishuv natijasi yapon firmasining buyurtma qilinadigan yirik miqdordagi OLED displeylarni ishlab chiqarish qobiliyatiga chambarcham bog‘liq bo‘ladi.