SpaceX uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini 60 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi
AQShning SpaceX kompaniyasi uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini Starlink loyihasining 60 ta sun’iy yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Loyiha internet-trafikni uzatish global tarmog‘ini yaratishga mo‘ljallangan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Raketa Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan mahalliy vaqt bilan 23 may soat 22:30da uchirilgan.
SpaceX’da ma’lum qilinishicha, sun’iy yo‘ldoshlar 550 km balandlikka olib chiqiladi.
Raketa dastlab 15 may kuni AQShning sharqiy sohilbo‘yidan uchirilishi kerak edi, biroq start yomon ob-havo sababli qoldirilgan. Keyingi kungi parvoz qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish va sun’iy yo‘ldoshlar dasturiy ta’minotini yangilash zarurati sababli yana bekor qilingandi.
O‘QING: Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?