TATUda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida magistrlar tayyorlanadi

TATUda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida magistrlar tayyorlanadi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xitoyning Beihang universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda kosmik texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish muhokama qilindi. Bu haqda TATU matbuot xizmati nashrimizga ma’lum qildi.

Xabarda yozilishicha, TATUda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yangi magistratura mutaxassisligini ochish rejalashtirilgan. Ikki universitet o‘rtasida shu yo‘nalishda o‘quv reja va materiallarini almashish, hamkorlikda ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Beihang universitetining Beidou fakulteti (Beidou Belt&Road School) kosmik texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoyning ilmiy-tadqiqot instituti hisoblanib, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, navigatsion tizimlar, masofadan boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.

O‘QING: TATU talabalari kompyuter va androidlar uchun ilovalar yaratishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!