Taxlama ekranli smartfon: Huawei birinchi bo‘lmoqchi

  •   Saroy
  •  1520
  •  28.07.2018 11:00

Taxlama ekranli smartfon: Huawei birinchi bo‘lmoqchi

Huawei kompaniyasi egiluvchan displeyga ega taxlama ekranli smartfon chiqarishda birinchi bo‘lish uchun jiddiy kirishgan ko‘rinadi. Nikkei nashri kompaniya ichidagi “xabardor” manbalar va tahlilchilarga tayanib ushbu yangilikni e’lon qildi.

O‘QING:Huawei’ning «dahshatli» smartfoni: uning siri ochildi

Ammo yangi yo‘nalishda birinchi bo‘lish uchun Huawei  Samsung Electronics’dan ilgarilab ketishga to‘g‘ri keladi. Chunki taxlama Galaxy smartfonining chiqishi  2019 yilning boshiga mo‘ljallangan, ehtimol bu voqea 2019 yil fevralda Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2019 ko‘rgazmasidan avvalroq ham yuz berishi mumkin. Shunday ekan, Huawei yangi apparatni 2018 yilning oxirigacha namoyish qilishiga to‘g‘ri keladi.

Darvoqe, xursand bo‘lishga hali erta ko‘rinadi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Huawei smartfonlari cheklangan partiyada chiqadi va juda qimmat bo‘ladi. Taxlama Galaxy smartfonining narxi bir yarim ming dollar atrofida deyilayotgan bo‘lsa, demak Huawei smartfoni ham taxminan shu narx atrofida bo‘ladi.

O‘QING:Huawei 14 ta smartfonini GPU Turbo texnologiyasi bilan ta’minlayapti – yangilanishlar rejasi bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.