Tayyor turing – Nokia yangi smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

  •   DiMaX
  •  694
  •  21.09.2018 10:28

Tayyor turing – Nokia yangi smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostidagi navbatdagi smartfonini taqdim etishga tayyor. Mazkur namoyish tadbiriga taklif etuvchi tizerni u internet kengliklarida tarqatib yuborgan.

O‘QING: Nokia 9 va Nokia X7 smartfonlarining old paneli tarmoqlarda ko‘rsatilmoqda

Ishlab chiqaruvchining taklifnomasida ko‘rsatilishicha, taqdimot marosimi 4 oktyabr kuni London shahrida, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Taxminlarga ko‘ra, HMD Global bu tadbirda Nokia 7.1 Plus smartfonini taqdim etsa kerak. Mazkur model keng formatli, yuqori qismi «kemtik»li displeyga hamda Zeiss optikali qo‘shaloq kameraga ega. Shuningdek, uning Snapdragon 710 protsessori va 4/6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlanishini, 350 dollar atrofida baholanishini aytishayotir.

O‘QING: Nokia 7.1 Plus displey: yaxshi tomonlari aytilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!