Toshkentda 24 soat davomida shikoyatlarni qabul qiladigan dispetcher xizmati ishga tushdi

Toshkentda 24 soat davomida shikoyatlarni qabul qiladigan dispetcher xizmati ishga tushdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasi ishga tushirilib, uzluksiz ravishda fuqarolarning murojaatlari qabul qilinishda davom etmoqda. Avvalroq, virtual qabulxonaga asosan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida shikoyatlar qabul qilinayotganligi haqida xabar berilgan edi. Bu boradagi muammolarni hal qilish endilikda yanada yengillashdi, deb Sof.uz yozmoqda.

Toshkent shahar hokimligi 1055 dispetcherlik xizmati raqamini faoliyati kuz-qish mavsumida yanada faollashtirilgani haqida xabar qilmoqda. Endilikda mazkur raqam orqali tunu kun kommunal xizmatlar – issiqlik, tabiiy gaz, elektr ta’minoti, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, kirish yo‘laklari, chordoqlar, tomdagi muammolar va boshqa masalalar bo‘yicha fuqarolar murojaatlari qabul qilinadi.

Bunday dispetcherlik xizmatlari har bir tumanda tashkil etilgan bo‘lib, quyidagi raqamlar orqali ish olib boradi:

Bektemir tumani                    – 1068
Mirobod tumani                     – 1079
Mirzo Ulug‘bek tumani            –  1075
Olmazor tumani                      – 1070
Sirg‘ali tumani                       – 1071
Uchtepa tumani                         – 1073
Chilonzor tumani                     – 1056
Shayxontohur tumani              – 1077
Yunusobod tumani                    – 1078
Yakkasaroy tumani                   – 1074
Yashnobod tumani                      – 1076

Dispetcherlik xizmatiga qilingan qo‘ng‘iroq audio formatda yozib olinadi va murojaatning ijrosi qat’iy nazoratga olinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!