Tovlamachi xaker dasturchilarga hujum boshladi!

  •   DiMaX
  •  827
  •  06.05.2019 14:01

Tovlamachi xaker dasturchilarga hujum boshladi!

Yuzlab dasturchilar o‘zlarining Git-repozitoriylarda saqlanayotgan kodlari g‘oyib bo‘lib qolganini payqashdi. Kodlar o‘rniga noma’lum xakerning ularga atalgan xabari turardi.

O‘QING: Xaker ovlagan xaker haqida hikoya

Ushbu xakerlik hujumidan ommabop GitHub hamda BitBucket servislari ziyon ko‘rgan. Lekin ularga qay tariqa hujum uyushtirilgani va xakerning kimligi noaniq.

Noma’lum xaker dasturchilardan o‘g‘irlangan kodlar evaziga pul talab qilyapti. Agarda belgilangan muddatda pul o‘tkazishmasa, u o‘g‘irlangan ma’lumotlarni butkul yo‘qotib yoki ommaga tarqatib yuborishini aytyapti.

Ma’lum bo‘lishicha, xaker repozitoriydan yaxlit kodni o‘chirib, uni 0,1 bitkoin (taxminan 570 dollar) evaziga tiklab berishini aytmoqda. So‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan fayllar uning nazorati ostidagi serverda saqlanmoqda. Dasturchilar o‘z kodlarini qaytarib olish uchun 10 kun ichida to‘lov qilishlari kerak.

StackExchange forumi ishtirokchilarining taxminicha, xaker kodlarni o‘chirib tashlamasdan, balki Git-kommitlari sarlavhalarini o‘zgartirib chiqqan bo‘lishi mumkin. Agar chindan shunday bo‘lib chiqsa, dasturchilar o‘z mehnatlari samaralarini o‘zlari tiklab olishlari imkoni tug‘iladi.

O‘QING: O‘zbekistonda internet-trafik o‘g‘irlagan 20 yoshli «xaker»ga hukm o‘qildi