“Uchinchi avlod” dasturining bo‘lg‘usi amaliyotchilari uchun tashqi uchrashuv TATU’da bo‘lib o‘tdi

“Uchinchi avlod” dasturining bo‘lg‘usi amaliyotchilari  uchun tashqi uchrashuv TATU’da bo‘lib o‘tdi

 

Yirik aloqa operatori Beeline «Uchinchi avlod» loyihasi taqdimoti ko‘lamiga Toshkent axborot texnologiyalari universitetining III va IV bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida ma’lum qiladi. Oliygoh talabalari savollariga Unitel‘ning axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori Yevgeniy Kogay, transport tarmog‘ini rejalashtirish va optimizatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i Lazar Shemetov va hodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish direksiyasining mutaxassislari javob berishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Uchinchi avlod” stajirovka dasturida ishtirok etish uchun arizalar [email protected] elektron manziliga O‘zbekistonning barcha oliygohlaridagi III va IV kurs talabalaridan, shuningdek, yaxshi o‘zlashtirish darajasiga ega bo‘lgan magistrantlardan qabul qilinadi. 2016 yilda dastur doirasida tijorat direksiyasi, texnik direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, shuningdek shartnomalar tuzish va logistika xizmati bo‘limida amaliyot o‘tash ochilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!