Ukrainalik fuqaro ismini “iPhone 7” deb o‘zgartirdi

Ukrainalik fuqaro ismini “iPhone 7” deb o‘zgartirdi

Phonearena saytining ma’lum qilishicha, Ukraina fuqarosi Oleksandr Turin o‘z ismini Ayfon Sim (Yetti) deb o‘zgartirgan. Ushbu holat Kiyevdagi IT-kompaniyalardan biri o‘z ismini “iPhone 7”ga o‘zgartirgan birinchi beshta shaxsga mazkur markadagi smartfon sovg‘a qilishini e’lon qilgandan keyin sodir bo‘ldi.

Sentyabr oyining boshida taqdim etilgan iPhone 7 modeli hozirgi kunda Ukrainada $850 narxida sotilmoqda, ismni o‘zgartirish esa mamlakatda bor-yo‘g‘i 2 dollarga tushar ekan.

Sobiq Turin, ayni paytda esa Ayfon Sim bo‘lgan shaxsning yaqinlari uning bu qaroridan hayratga tushgan bo‘lsa, ba’zilar uning bu ishini keskin tanqid qilishdi.

Ayfon Sim farzandli bo‘lgach, yana o‘zining sobiq ismiga qaytishini ma’lum etgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!