UMS Xalqaro turistik yarmarkada ishtirok etmoqda

  •   DiMaX
  •  210
  •  14.11.2019 07:43

UMS Xalqaro turistik yarmarkada ishtirok etmoqda

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan uyali aloqa operatorlari jamiyat hayotida faol qatnashib kelayotirlar. Jumladan, UMS mobil operatori Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» MKKda o‘z ishini boshlagan «Ipak yo‘lida turizm» 25-Xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etmoqda.

O‘QING: UMS va Khan Academy O‘zbek uzoq muddatli hamkorlikni boshladi

Ko‘plab horijiy sayyohlarni jalb etgan va ularga qulay shart-sharoitlarni yaratgan holda O‘zbekistonning turistik sohasi faol rivojlanib bormoqda. Bu borada mehmonlarni mobil aloqa bilan ta’minlash masalasi ham muhim o‘rin tutadi. Zero turistlarning talab va istaklariga mos kelish, ular O‘zbekistonga kelgan paytdan boshlab o‘z yurtlariga kaytib ketgunlaricha qulay suhbat qurishlari uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalarga kiradi.

UMS kompaniyasi mamlakatimizning mobil aloqa xizmatlari bozorida birinchi bo‘lib (2018 yilning mart oyida) turistik tarif rejalarni ishlab chiqqan. Ular joriy qilingan paytdan boshlab hozirgi kungacha O‘zbekistonga tashrif buyurgan yuzlab sayyohlarga qo‘l keldi. Yurtimizning boy tarihi va madaniyati bilan tanishish maqsadida, shuningdek, xizmat vazifalari bo‘yicha kelgan turistlar UMS abonentiga aylanishmoqda.

O‘QING: Alisher Usmonov kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa operatorini sotib olyapti!

Sayyohlar bir nechta tarif rejalariga ulanishlari mumkin. Xususan, birinchi tarif bo‘yicha 3000 megabayt mobil internet, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 200 daqiqa va 200 SMS-xabar taqdim etilmoqda. Ikkinchisiga ega 8000 megabayt mobil internet, qo‘ng‘iroqlarga 400 daqiqa va 400 SMS-xabar kiritilgan.

Ulanish uchun xorijiy fuqarolar faqat pasportni va undagi O‘zbekiston chegaralarini bosib o‘tganligini haqidagi belgini taqdim etishlari kerak. Eng muhimi, tariflarni UMSning nafaqat respublika bo‘yicha ofislarida, balki Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Xiva, Shahrisabzdagi tijorat hamkorlari savdo shoxobchalarida va ko‘chma mobil ofislarida ulash mumkin.

«Ipak yo‘lida turizm» Xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etayotgan xorijiy mehmonlar ham UMS’ga ulanishlari va barcha qulayliklardan foydalanishlari mumkin.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!