O‘zbek dasturchilari tomonidan onlayn – dars taqsimoti ishlab chiqildi

O‘zbek dasturchilari tomonidan onlayn – dars taqsimoti ishlab chiqildi

Dastur o‘quv muassasalari uchun mo‘ljallangan.

Dastur yordamida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining dars taqsimotlari avtomatik tarzda taqsimlanadi. Mazkur dastur o‘qituvchilar, ilmiy bo‘lim mudirlari va kafedra mudirlari va dars taqsimotiga ma’sul xodimlarga internet orqali o‘zlariga tegishli bo‘lgan dars taqsimotini ko‘rish va ko‘chirib olish imkoniyatlarini beradi.

Mualliflar Shukurov Egamberdi va Sattarov Azamatlarga ushbu dastur uchun № DGU 03776 raqamli guvohnoma berildi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.