O‘zbek dasturchilari yangi videomuloqot loyihasini ishlab chiqdi

O‘zbek dasturchilari yangi videomuloqot loyihasini ishlab chiqdi

12 yanvar kuni internetdagi tas-ix tarmog‘ida Gapchik.uz deb nomlangan yangi multimedia loyihasi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi uz24.uz axborot sayti.

Xizmat foydalanuvchilarga tarmoqda o‘zaro videomuloqot olib borish imkonini beradi. Saytda mutlaqo tasodifiy va notanish odamlar bilan tanishish va suhbatlashish mumkin.

Dasturchilarning axborot saytiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, “bu sayt insonlar bilan muloqot, o‘zaro fikr almashish, xabarlar, yangi narsalarni bilish va turli joylardagi hamfikrlarni topishga xizmat qiladi. Tarmoqqa kirgach, qoidalarga qat’iy amal qilish juda zarur. Bordiyu kimdir belgilangan qoidani buzsa, darhol o‘chirib tashlanadi. U haqidagi ma’lumotlar anonim tarzda qoladi. Gapchik.uz hozircha tas-ix tarmog‘ida O‘zbekistondagi yagona muloqot maydoni sanaladi”.

Videomuloqotga foydalanuvchilar Chrome, Firefox va Opera kabi brauzerlar orqali kirishlari mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.