Uzcard Woy-wo‘ mobil dasturini ishga tushirdi

Uzcard Woy-wo‘ mobil dasturini ishga tushirdi

Mobil qurilma egalarida yangi imkoniyat — Woy-wo‘ mobil dasturi paydo bo‘ldi. Endi mobil qurilma orqali to‘lovlarni amalga oshirish yanada qulay bo‘ldi. Bu haqda Daryo.uz ma’lum qilmoqda.

Mobil dastur mobil qurilmalar uchun maxsus moslashtirilgan va bosh saytning barcha funksiyalarini o‘zida saqlab qolgan. Tovar va xizmatlar uchun ortiqcha kuch sarflamasdan to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Xaridor uchun asosiy qulaylik to‘lovni amalga oshirish vaqtining qisqartirilganligidir. «To‘lash» tugmasini bosgandan so‘ng to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi tasdiqlanishi uchun o‘rtacha bir necha soniya vaqt sarflanadi.

Foydalanuvchilar Woy-wo‘ mobil ilovasini Play Market va AppStore orqali bepul yuklab olishi mumkin.