Vivo Xplay 5 Elite – Galaxy S7 Edge’ning xitoylik “kushandasi”

Vivo Xplay 5 Elite – Galaxy S7 Edge’ning xitoylik “kushandasi”

Lenovo hamda Huawei kompaniyalaridan so‘ng jahon bozoriga shiddat bilan kirib kelayotgan Xiaomi, Meizu brendlari qatoridan Vivo kompaniyasi ham joy olishga ulgurdi.

Vivo kompaniyasi 2016 yilning mart oyida namoyish qilgan Vivo Xplay 5 Elite (Ultimate 5s) flagmani Samsung’ning so‘nggi innovatsion gadjetlariga qarshi maydonga chiqmoqchi.

Dizayn

VIVO Xplay 5 Elite

Xplay 5 Elite korpusi metall va shishadan tayyorlangan. Old shisha panel ikki yonga qayrilgan va Galaxy S7 Edge’ni eslatadi.

Orqa panelning ko‘rinishi iPhone’ni eslatadi: fotochaqnoqli kamera burchakda, o‘tkir bo‘lmagan qirralar.

Vivo Xplay 5 Elite bo‘yiga 15,3, eniga 7,6 sm bo‘lib, qalinligi 7,6 mm. Old panelning 70 foiz qismi ekrandan iborat. Yana bir muhim jihati – uning 167 grammli vazni.

Smartfon displeyining diagonali  5,43 dyuym. Samsung tomonidan SuperAMOLED texnologiyasida ishlab chiqarilgan ekranning piksel sig‘imi 2560x1440, ya’ni har dyuym kvadratda 541 belgi. Tasvir sifati Samsung’ning smartfonlarinikidan qolishmaydi.

Protsessor

Telefon apparati zamonamizning eng tezkor protsessori – 4 yadroli, 2,15 GGs chastota tezligigigacha ishlay oladigan Qualcomm Snapdragon 820 bilan ta’minlangan. Shuningdek, smartfonda Adreno 530 grafik-tasvir protsessori ham mavjud. Vivo Xplay 5 Elite AnTuTu imtihonida  135 ball olib, 2016 yilning 1-choragida ishlab chiqarilgan eng tezkor gadjetlardan biriga aylandi.

Xplay 5 Elite smartfonining eng muhim jihati – uning 6 Gb sig‘imli tezkor xotirasi. Gadjetning keyingi 3 yilda ishlab chiqariladigan har qanday dasturiy ta’minot va ilovalarni qo‘llab-quvvatlashga imkoni yetadi. Smartfonning doimiy ichki xotirasi 128 Gb.

Operatsion tizim

AnTuTu’da Xplay 5 Elite’ning Android 5.1 o‘rnatilgani ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, kompaniyaning aytishicha, smartfon Android 6’ning molashtirilgan FunTouch OS 2.6 talqinida ishlaydi.

Kamera

Vivo smartfonlari kamerasiga nisbatan jamoatchilikda ijobiy fikr shakllangan. Xplay 5 Elite’ning 16 MP bosh, 8 MP old kameralari Sony tomonidan ishlab chiqarilgan. Ularning diafragmasi – f/2.8. Kamerada fazviy avtofokus, HDR funksiyasi va qo‘sh-diodli fotochaqnoq mavjud.

Suratlar sifat bo‘yicha S7’dan ozgina orqada. Kameraning fokus tizimi bir oz sekin ishlaydi. iPhone 6s bilan solishtirganda kameraning ishlash sifat yuqori. Vivo Xplay 5 Elite kamerasining dasturi professional Arcsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Bosh kamera 4K UHD (3840x2160) sig‘imli video surtaga oladi. Old kamerada FHD 1920x1080 sig‘imli tasivr yozish mumkin.

Akkumulyator

Xplay 5 Elite’ning quvvat toshi ham havas qilarli darajada, ya’ni 3600 mA soat. Uni to‘la quvvatlab o‘rtacha aloqada 2-3 kun foydalanish, 13 soat o‘rtacha ekran yorug‘ligida video ko‘rish, 5 soat o‘yin o‘ynash mumkin.  QuickCharge 3 tezkor quvvat olish tizimida 3-4 soat ichida akkumulyator to‘la quvvatlanadi.

Kommunikatsiya

Telefon aloqaning GSM, 3G va LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Wi-Fi aloqa texnologiyasi 2.4 va 5 GGs chastotalarida ishlaydi.  Shuningdek, smartfonda Bluetooth 4,2 so‘nggi texnologiyasi, GPS va GLONASS navigatsiya tizimlari joriy qilingan.

Smartfonda NFC yaqin masofadan turib kontaktsiz to‘lovni amalga oshirish texnologiyasi tatbiq qilingan.

Narx-navo

Smartfonning Xitoydagi bahosi 650 AQSh dollar bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Xalqaro bozordagi narxi esa 800 dollargacha ko‘tariladi. Amazon internet do‘konida esa Samsung Galaxy S7 Edge uzog‘i bilan 730 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Vivo Xplay 5 Elite’da olingan suratlar:

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.