Xiaomi Redmi Pro 2: narxi va surati fosh qilindi

Xiaomi Redmi Pro 2: narxi va surati fosh qilindi

2016 yilda Xiaomi kompaniyasi smartfon bozoriga tajriba sifatida Redmi Pro mobil aloqa telefonini chiqargan edi. Uning o‘ziga xos jihatlari qatoriga qo‘sh sensorli bosh kamerasini keltirish mumkin. To‘g‘ri, mazkur jihat bugungi kun uchun yangilik emas. Apparat korpusi metalldan tayyorlangan, uning diagonali 5.5” dyuym bo‘lgan FullHD sig‘imli (1920×1080) ekrani ilg‘or AMOLED platformasida ishlaydi.

Jamoatchilikning diqqatini tortish va marketingda muvaffaqiyatga erishish uchun Redmi Pro arzon narxga baholandi. Devaysning eng arzon — Xiaomi Redmi Pro 3/32 GB talqini $225 dollardan sotuvga chiqarilgan edi. Biroq, kompaniyaning bu boradagi urinishlari zoye ketdi va Xiaomi Redmi Pro tarixi tez yakuniga yetgan.

Xiaomi Redmi

Ammo xitoylik brendlarning o‘ziga xosligi bor — ular marketingda o‘jar, ya’ni boshlagan ishlarining kamchiliklarini aniqlab, ishga boshqatdan kirishishga hafsala topa olishadi. Shu nuqtai nazardan. Xiaomi ham ayni paytda Redmi Pro’ga munosib “merosxo‘r” tayyorlamoqda. Ayni paytda kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda Xiaomi Redmi Pro deb nomlangan yangi smartfoniga “Helio P25” yoki “Snapdragon 660” protsessorlaridan qaysi birini o‘rnatish kerakligi yuzasidan foydalanuvchilar fikrini o‘rganmoqda.

Xiaomi Redmi Pro 2 aloqa vositasining 5,5 dyuymli displey hamda sig‘imi 4 500 mA soat bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlanadi.

Smartfonning muhim o‘ziga xos jihati — uning kamerasi bo‘lib, bu gal ishlab chiqaruvchi qo‘sh emas, bittalik, ammo o‘ta sifatli kamera modulini joriy qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu Sony’ning 12 Mp sig‘imli IMX362 sensori. U Dual Pixel fokuslash texnologiyasiga ega. Ushbu modul yaqinda taqdim qilingan Lenovo’ning Moto G5 Plus telefonida ham o‘rnatilgan.

Insayderlar takomillashgan gadjetning narxini allaqachon ma’lum qilib bo‘lishgan. Unga ko‘ra, Xiaomi Redmi Pro’ning kichik — 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira talqini $231, yuqori — 6/128 Gb xotira talqini esa $260 dollardan sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.