Xitoyda ZTE`ning hoshiyasiz smartfoni sertifikatlandi

Xitoyda ZTE`ning hoshiyasiz smartfoni sertifikatlandi

Joriy yilda ZTE kompaniyasi Xitoy chegaralaridan tashqarida sotib olish mumkin bo‘lgan ilk smartfonlardan birini ishlab chiqarishga kirishishni rejalashtirgan. Jahon bozoriga yo‘l oladigan Nubia brendi ostidagi mazkur model NX529J raqami bilan ishlab chiqariladi. Yangi uskunaga oid tafsilotlar TENAA sertifikatlash markazi bazasida paydo bo‘ldi, deya xabar qilmoqda MyDrivers.com.

Uskunaning tashqi ko‘rinishi ayni paytdagi ZTE Nubia Z9 flagmanini eslatadi. Biroq bir muhim farq mavjud: orqa panelda barmoq izi skaneri joylashtirilgan.

Smartfonning old va orqa paneli 2.5D oynasi bilan qoplangan. Qobiq (korpus)ning metall hoshiyasi esa qabaribroq chiqqan. 5 dyuymli displeyning “u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqacha” bo‘lgan piksellar sig‘imi 1920×1080 nuqtani tashkil etadi. Smartfon “yuragi” 1,5 GGsli sakkiz yadroga eag  protsessordan tashkil topgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, protsessor Snapdragon 615/616 chiplaridan iborat. Shuningdek, 3 Gb tezkor hamda microSD kartochkani qo‘llab-quvvatlaydigan 64 Gb doimiy xotiraga ega. Kamerasi 16 Mp asosiy va 8 Mp old modullarni o‘z ichiga olgan. Operatsion sistema — firma dasturiy qoplamasi o‘rnatilgan Android 5.1.1. Qobiq qalinligi 8 millimetr bo‘lib, vazni 138 grammdan oshmaydi.

Yangi smartfon bo‘lg‘usi Nubia Z11 flagmanining soddalashtirilgan talqini bo‘lishi mumkinligi istisno qilinmayapti.