Xitoylik tanilmagan, ammo “kuchli” 7 ta smartfon

Xitoylik tanilmagan, ammo “kuchli” 7 ta smartfon

 

OnePlus kuchli jihatlarga ega arzon smartfon ishlab chiqaradigan xitoylik yagona kompaniya emas. “Made in China” yorlig‘i tushirilgan smartfon qadoqlari bugun butun dunyoga shiddat bilan tarqalmoqda.

OnePlus, ZTE va Xiaomi yillar davomida kulgili darajada arzon bo‘lgan smartfonlarni ishlab chiqarib, kuchlilar qatoridan o‘rin olishga erishishdi. Bugun Xitoyda ZUK, Elefone hamda Coolpad kabi hali quloqqa chalinmagan, biroq o‘ziga xos yutuqqa ega brendlar ham mavjud.

Ular protsessor, operativ xotira yoki boshqa jihatlar bilan Samsung Galaxy S7 kabi kuchlilar bilan ham bellasha oladi. Kamera, protsessor faoliyati ham samardor bo‘lgani, narx-navoning hamyonbopligi ularga bo‘lgan ehtiyojni oshirib bormoqda.

ZUK Z2 PRO

Ilg‘or telefonlari bilan ommalashayotgan ZUK brendining Facebook asoschisi Mark Zukkerberg bilan bog‘liqligi yo‘q. Bu brend Lenovo’ga borib taqaladi. Z2 Pro kamear, ekran va protsessor borasida peshqadam.

Flagmanlar kabi metall korpusga ega bo‘lmasa-da, smartfon bejirim jilodor korpus bilan ta’minlangan.

Protsessor/xotira: Snapdragon 820, 6 GB operativ xotira

Ekran: 5.2 dyuym, HD (1080p) AMOLED

Doimiy xotira: 128 GB

Kamera: 13 MP, f/1.8, optik barqarorlashtirish, fazali avtofokus, 2 tusli LED fotochaqnoq

Akkumulyator: 3500 mA⋅soat

Snapdragon 820 protsessori va Adreno 530 videokartasi bilan ta’minlangan smartfon 3D o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun ham ommalashmoqda. “Moto” brendida smartfon ishlab chiqaruvchi Lenovo’ga qarashli ZUK Z2 PRO 220 AQSh dollaridan sotiladi.

LEECO LE MAX 2

LeEco besh barmog‘ini og‘ziga tiqayotgan kompaniya 🙂 Bir qarasangiz elektr avtomobil, bir qarasangiz televizor yoki smartfon ishlab chiqaradi. LeMax 2 smartfoni 5.7 dyuymli naqd fabletning o‘zi. U qo‘lingizda bo‘lsa, Samsung Galaxy Note 7’ni unutasiz.

LeMax 2 ilg‘or protsessori bilan jahon bozorini ham ishg‘ol qilmoqda. Smartfon kamerasi ham yorqin va detallarga boy surat oladi. Ayniqsa, gadjet korpusi to‘liq metalligi uning xaridorgirligini ta’minlamoqda. Undagi CDLA texnologiyasi audio fayllarni aniq-tiniq yangrashiga xizmat qiladi. Ekran esa yuqori piksel sig‘imiga ega.

Protsessor/xotira: Snapdragon 820, 6 GB tezkor xotira

Ekran:  5.7 dyuym, Full HD (1440×2560) IPS LCD

Doimiy xotira: 128 GB

Kamera: 21 MP, optik barqarorlashtirish, fazali avtofokusga ega f/2.0 apertura. 2 tusli LED fotochaqnoq.

LeMax 2 smartfoni xalqaro bozorda 225 AQSh dollaridan sotilmoqda.

VIVO XPLAY 5 ELITE

Suratdagi kelishgan devays sizga Samsung’ning Galaxy S7 Edge yoki Galaxy Note 7’ni eslatayotgan bo‘lsa, ajab emas. Uning ikki yonga bukik displeyi metall korpus bilan qamrab olingan. Qolaversa, XPLAY 5 ELITE eng yirik tezkor xotira bilan hammani hayratda qoldirgan ilk mobil telefon.

Vivo kompaniyasi XPLAY 5 ELITE’ni namoyish qilganda ekspertlar Galaxy S7 Edge’ning arzon talqinini ishlab chiqargan, deb munosabat bildirdilar. Ha, uning ichki samaradorligi ham koreyalik smartfon bilan raqobat qila oladi. Yagona farq — uning orqasidagi Vivo yorlig‘i va arzonligi.

Protsessor/Xotira: Snapdragon 820, 6 GB tezkor xotira

Ekran:  5.43 dyuym, qayrilma, FullHD (1440×2560) AMOLED

Doimiy xotira: 128 GB

Kamera: 16 MP, fazaviy avtofokusli f/2.0 apertura, 2 tusli LED fotochaqnoq.

Ammo, uning narxi hamyonbop emas. Gadjet xalqaro bozorda 610 AQSh dollaridan sotilmoqda.

COOLPAD COOL S1

Mana, yana bir “taqlid ustasi”ni ko‘rib turibsiz. Ichki jihatlari va dizayni bir xil bo‘lgan Coolpad’ning S1’ini OnePlus’ning 3T smartfoni bilan adashtirib qo‘yishimiz mumkin.  Ekran sig‘imi, 2016 yilning kuchli protsessori – xuddi o‘sha. Faqat bunda Coolpad kompaniyasi o‘zining Android UI tizimini o‘rnatgan. Qolaversa, AMOLED ekran o‘rniga IPS matritsadan foydalanilgan. Narxi ham ancha arzon.

Bu smartfonni xarid qilsangiz, $120 dollar turadigan audio quloqchin sizga hadya qilinadi.

Protsessor/xotira: Snapdragon 821, 6 GB tezkor xotira

Ekran:  5.5 dyuymli HD (1080p) IPS LCD

Doimiy xotira: 128 GB

Kamera: 16 MP, fazali avtofokusli f/2.0 apertura, 2 tusli LED fotochaqnoq.

COOLPAD COOL S1 xalqaro bozorda 340 AQSh dollaridan sotilmoqda.

ULEFONE GEMINI PRO

Bu galgi “xitoylik”ni qo‘lga olar ekansiz, uni iPhone 7 Plus deb o‘ylaysiz. Boisi, ikkalasi deyarli 2 tomchi suvdek o‘xshash. Hatto, orqasidagi 2 ta ob’yektivli kamera ham bir xil.

Ammo, narx masalasida 3-4 barobar arzonchilik sizni ikkilantirib qo‘yadi. Gemini Pro US$199.

Protsessor/Xotira: MediaTek Helio X27, 4 GB tezkor xotira

Ekran:  5.5 dyuym HD (1080p) IPS LCD

Doimiy xotira: 128 GB

Kamera: Qo‘sh ob’yektivli, har biri 13 MP, 2 tusli LED fotochaqnog‘i

GIONEE A1 PLUS

2017 yilda Gionee selfi olishda chinakam mohir kamerani taqdim qildi: A1 Plus smartfoni 20 megapikselli old kameraga ega. Uning optik apertura pribori ham yirik: f/2.0. LED fotochaqnog‘i esa qoyilmaqom. Bundayini topish qiyin. Orqa paneldagi qo‘sh ob’yektivlardan biri 13 boshqasi 5 megapikselli. Ularning optik pribori hajmi: f/2.0.

Android Nougat operatsion tizimida ishlaydigan smartfonda sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan.

Protsessor/Xotira: MediaTek Helio P10, 4 GB tezkor xotira

Ekran:  6 dyuym, HD (1080p) IPS LCD

Doimiy xotira: 64 GB, microSD xotira bo‘lmachasi

Kamera: 20 MP old, optik barqarorlashtirish va fazali avtofokus, 2 tusli LED chiroq, bosh kamera: 13+5 MP

GIONEE A1 PLUS’ning xalqaro bozorda 530 AQSh dollaridan sotilishi kutilmoqda.

MEIZU PRO 6

Meizu Pro 6 smartfoni Apple va Samsung’ning eng yaxshi jihatlarini o‘zida birlashtirgan, dizayni iPhone 7’ga monand, Samsung’ning ilg‘or Exynos protsessoridan kuch oladigan gadjet.

Meizu Pro 6’ning metall korpusi hashamdorligi bilan Apple’ni ham dog‘da qoldiradi.  Ekranda ham yagona botiq dizaynli tugma mavjud. Bu tugma barmoq izlari skaneri vazifasini ham bajaradi. Sifatli audio uzatish qobilityaiga eag Pro 6 raqamli-analog (DAC) konverteri bilan ta’minlangan. Bu qurilma audio signallarni sifatli eshittirishiga yordam beradi.

Protsessor/Xotira: Exynos 8890, 4 GB tezkor xotira

Ekran: 5.2 dyuymli HD (1080p) AMOLED

Doimiy xotira: 128 GB

Kamera: 21 MP, f/2.2 optik pribor, fazali va lazerli avtofokus, 2 tusli LED fotochaqnoq

Meizu Pro 6 smartfoni xalqaro bozorda 350 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.