«Yandeks» Samarqandning virtual xaritasini yaratmoqda

  •   DiMaX
  •  672
  •  07.11.2019 08:36

«Yandeks» Samarqandning virtual xaritasini yaratmoqda

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tufayli turli mamlakatlar va shaharlar aholisi Samarqand ko‘chalari bo‘ylab virtual sayr qilgan holda uning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishi mumkin. Bu ularga qadim shahar me’morchiligi va madaniyati haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, uning nozik koloritini his etish imkonini beradi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: O‘zbekiston muzeylariga endi dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn sayohat qilish mumkin!

Bu kabi virtual sayohatlar shaharga ko‘plab xorijiy sayyohlarni jalb etishga yordam beradi, turizm infratuzilmasi va mehmonxona biznesini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Samarqandning diqqatga sazovor joylari haqidagi yangi virtual karta uchun materiallar tayyorlash ishlari avjida. Hozirgi kunda Yandeks tomonidan shahar ko‘chalarida maxsus kameralar yordamida 360 gradus kenglikda panorama suratlari olinmoqda.

«Yandeks.Panoramalar» – bu «Yandeks.Xaritalar» loyihasining kengaytirilgan talqinidir. Ushbu servis ko‘chalar, binolar va shahar panoramalarining uch o‘lchamli turlarini ko‘rish imkonini beradi.

Samarqand Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, u 2750 yillik tarixga ega. Shahar ikki ming yildan ortiq davr mobaynida Buyuk Ipak yo‘lida Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi eng muhim markazlardan hamda O‘rta asrlar sharqidagi ilm-fan va me’morchilik markazlaridan bo‘lgan. Amir Temur Samarqandni o‘z davlatining poytaxtiga aylantiradi. Ushbu azim shahardagi asosiy diqqatga sazovor joylar – Ulug‘bek madrasasi, qator maqbaralar va ajoyib Bibixonim masjidi Temuriylar davriga taalluqli.

O‘QING: Samarqandda naq 13 ta bepul Wi-Fi hududi bor, ularni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!