Yo‘li bor: Android’da ishlaydigan smartfonlarni masofadan turib buzish mumkin

  •   Saroy
  •  1188
  •  22.10.2018 17:34

Yo‘li bor:  Android’da ishlaydigan smartfonlarni  masofadan turib buzish mumkin

Checkmarx tahlil kompaniyasi ekspertlari Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan  Hack. lu konferensiyasida Android-gadjetlarni masofadan turib buzadigan texnika haqida ma’lumot berishdi.

Buning uchun nishonga olingan jabrlanuvchining telefonida NFC yordamida foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotini jinoyatchiga uzatadigan virusli dastur o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

O‘QING:Begona to‘lqinlar ma’lumot uzatish sifatini buzadimi?

NFC-texnologiya fayllar bilan almashishni, to‘lovlarni amalga oshirishni va boshqa ba’zi bir harakatlarni bajarishga imkon beradi. Shu bilan birga qurilmalar bir biridan eng uzog‘i  o‘n santimetrcha masofada bo‘lishi lozim. NFCdrip’ning yangicha usuldagi hujumi  bir necha metrlik masofada ma’lumotlarni o‘g‘irlash imkonini beradi.

Dasturchilarning fikricha, ushbu usuldan noutbuklarni buzib kirishda ham foydalansa bo‘ladi. Qolaversa, ular hatto 60 metr uzoqlikdan ham ma’lumot o‘g‘irlash imkoniyati mavjud, demoqdalar.

O‘QING:Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.