2021 yili taqdim etishga Apple nimalarni tayyorlamoqda?

Tianfeng Securities tahlilchisi Ming-Chi Kuo kupertinolik korporatsiya bu yil qanday gadjetlarni namoyish etishiga doir prognozini e’lon qildi.

Samsung rasman Galaxy S21’lar taqdimot kunini aytdi – ulardan birini yutib olish mumkin! (+video)

Kompaniyaning va’da berishicha, tegishli sahifa orqali o‘z elektron pochta manzilini qoldirib, «yangi Galaxy’ning ilk egalaridan biri bo‘lish» mumkin.

Galaxy S21’lar bilan chiquvchi flagman quloqchin: narxi va xususiyatlari

Ushbu aksessuarning har bir pallasida 61 mA/soatlik akkumulyatorlar, g‘ilofida esa 472 mA/soatlik batareya qo‘llanmoqda. Shu tariqa, Galaxy Buds Pro bitta to‘la quvvat bilan 27 soatgacha ishlashi mumkin.

Yangi yil oldidan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari arzonlashdi, sovg‘alari ham bor!

23 dekabr kunining so‘ngigacha davom etuvchi «Yangi yilga uy bezaymiz» aksiyasida robot-changyutgich, smart-braslet, o‘yinbop monitor kabilarga ham chegirmalar, ayrim modellar xaridorlariga sovg‘alar ham bor.

Quvvati 9 kunga yetuvchi, GPS datchikli Mi Watch Lite taqdim etildi

Mi Watch Lite tomir urishi va uyqu monitoringi tizimiga, jismoniy mashg‘ulotlarning 11 xil rejimiga ega. Hozirda eng dolzarblaridan bo‘lib turgan nafas mashqlari uchun unga alohida ilova joriy etilgan.

AirPods Max taqdim etildi – 2020 yilgi iPhone’dan ham qimmat!

Quloqchinlar faqat simsiz rejimda ishlaydi, smartfon yoki kompyuterga ulanadi, zaryad olmasdan shovqinni bekor qilish bilan 20 soat ishlash qobiliyatiga ega. Zaryadlash uchun Lightning ulagichi ishlatiladi.

Samsung avtonomligi naq 18 soatga yetuvchi hamyonbop simsiz quloqchin chiqardi

Telefon qo‘ng‘iroqlari rejimida uning avtonomligi 13 soatga, kutish rejimida esa 500 soatga yetadi. Bu aksessuarni quvvatlash uchun korpusida zamonaviy USB-C porti qo‘llangan.

Redmi Watch ortidan uning yanada arzon, IP68-himoyali va avtonomligi yuqori raqibi chiqdi!

ZTE Watch Live’ning avtonomligi yuqoriroq – batareyaning bitta quvvatida uch haftagacha ishlay oladi! Korpusi IP68 standartiga ko‘ra chang va namdan himoyalangan, yana Xiaomi soatidan naq 10 dollarga arzon.

NFC chipli, ixcham va arzon Redmi Watch namoyish etildi

Yangi smartvochning avtonom ishlash davri 12 kungacha borishi mumkin; unga kompaniyaning Xiao Ai ovozli yordamchisi joriy etilgan. Redmi Watch suvdan himoyalangan (5ATM) va NFC moduli bilan ta’minlangan.

Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlardan tashqari, 26 noyabrda Redmi yana bir devaysini namoyish etadi!

Redmi brendining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy reklama posteri shundan darak bermoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш