Old kamerasi va Face ID sensorlari ekran ostida joylashgan to'liq ekranli iPhone qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi!

Old kamerasi va Face ID sensorlari ekran ostida joylashgan to'liq ekranli iPhone qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi!

O'zining iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max smartfonlari bilan Apple kompaniyasi ilk marta yangi LTPO ekran texnologiyasini o'zlashtirdi. O'zgarmas yangilanish tezligiga ega LTPS displeydan farqli o'laroq, LTPO moslashuvchan yangilanish tezligini taklif qiladi va Apple o'z marketinggida buni "ProMotion" deb ataydi.

Aytish kerakki, LTPO displey quvvat sarflanishida muhim rol o'ynaydi: smartfonlar 120 gertsgacha moslashuvchan yangilanish tezligida batareyaga katta ta'sir qilmagan holda ishlaydi. Shuningdek, Always-On Display ham LTPO ekran bilan qo'llab-quvvatlanadi. Bunda ekran yangilanish tezligi to'g'ri 1 gertsgacha tushadi.

Apple LTPO displeylaridan hozircha faqat o'zining Pro model iPhone'larida foydalanmoqda: iPhone 13 Pro, iPhone 13 Pro Max, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max. Boshlang'ich modellar esa, o'zgarmas 60 gerts tezlikdagi LTPS displey bilan jihozlangan va bu 2025-yilgacha davom etishi mumkin yoxud Apple iPhone 17 seriyasidan boshlab boshlang'ich modellarda ham LTPO displeylardan foydalanishi mumkin.

Foto: GSMArena

DSCC (Display Supply Chain Consultants) dan Ross Young yana o'z repertuarida. U bu safar Apple'ning 2027-yilgacha iPhone smartfonlarida qo'llaniladigan displeylar xaritasini ulashdi (GSMArena orqali).

Aftidan Apple o'zining Pro va boshlang'ich modellari o'rtasidagi "jarlikni saqlab qoladigan ko'rinadi – Pro modellar teshikli selfi kamera dizayniga o'tganida, oddiylari ProMotion bo'ladi; Pro modellar to'liq ekran bilan chiqarilganida, oddiylari teshikli selfi kamera bilan chiqariladi. 

Shunday qilib, Apple o'zining iPhone 17 smartfonlarining boshlang'ich modellarini ham LTPO displey bilan ta'minlaydi va shu bilan birga iPhone 17 Pro smartfonlari Face ID sensorlarini ekran ostiga oladi. Ta'kidlash joizki, bunda selfi kamera tashqarida qoladi. iPhone smartfonlari uchun teshikli selfi kamera davri boshlanadi (ehtimol unda barcha Android smartfon to'liq ekran bilan chiqarilayotgan bo'ladi). Biroq, Apple bu davrda uzoq vaqt qolmaydiganga o'xshaydi: orada iPhone 18 seriyasi bilan innovatsiyalardan tanaffus qilgandan so'ng, kompaniya iPhone 19 seriyasidagi Pro modellarni selfi kamerasini ham ekran ostiga oladi. Agar Ross Young prognozi to'g'ri bo'lib, Apple shu yo'ldan yuradigan bo'lsa, mutlaqo teshik-tirqishlarsiz, to'liq ekranli iPhone 2027-yilda chiqariladi va bu iPhone 19 Pro va iPhone 19 Pro Max modellari bo'ladi.

Bu yil taqdim qilinishi kutilayotgan iPhone 15 seriyasiga qaytadigan bo'lsak, iPhone 15 va iPhone 15 Plus modellari uchun ekran yangilanishi "chyolkani chopish" va uning o'rniga dinamik orol o'rnatilishi bo'ladi. LTPO esa hatto iPhone 16 boshlang'ich modellari uchun ham amal qilmaydi va ular 60 gerts barqaror yangilanish tezligidagi LTPS disley bilan jihozlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!